Olimlar koinotning yetishmayotgan yarim qismini topdilar

in #uz7 years ago

Olimlar ilk bor barion deb nomlanuvchi zarrachalardan iborat koinotning yetishmayotgan materiyasini topishdilar. Ular galaktikalarni bir biri bilan issiq diffuz gazi orqali bog’laydilar, xabar beradi New Scientist.

Kashfiyotlar koinot o’zining qanday qilib yirik masshtabli tuzulishiga ega bo’lganligi haqidagi bizning ko’pgina g’oyalarimizni tasdiqlab borayotganga o’xshaydi. Andrey Kravtsov (Chikago Universiteti) va Anatoliy Klipin (Nyu Meksika Davlat Universiteti). Andrey Kravtsov vizualizatsiyasi

Olimlarning ikki guruhi deyarli bir vaqtda oldin topish qo’ldan kelmagan neytron, proton va elektronlarni amaliyotda payqashga muvaffaq bo’ldilar. “Barion muammosi hal qilindi”, — deb aytdi Hideki Tanimura (Orse Kosmik astrofizika Instituti, Fransiya). Ikkinchi guruhga Edinburg Universitetidan (Buyuk Britaniya) Anna de Graaff boshchilik qilgan.

Bu gaz shunday darajada ingichkaki va yetarlicha issiq emasligi sababli uni rentgen teleskoplari ko’p vaqt mobaynida payqay olmagan edilar. Shu paytgacha barionlar mavjudligi faqat nazariy jihatdan tasdiqlangan edi.

Ikkala guruh ham Katta portlashdan so’ng qolgan yorug’liq issiq gaz orqali o’tganda paydo bo’ladigan Sunyayev-Zeldovich effekti deb nomlanuvchi fenomendan foydalanishgan. Yorug’ik tarqalishi davomida gazdagi elektronlar tarqalishni boshlaydi, va ular o’zidan so’ng kosmik mikroto’lqinli fonda xira dog’ni qoldirib ketadilar.

Plank sun’iy yo’ldoshi ko’ringan Koinotdagi bu effekt xaritasini 2015-yilda tuzib bergan. Galaktikalar orasidagi gaz “mo’ylovlarchalari” o’ta tarqoq bo’lganligi sababli, ular paydo qiluvchi xira dog’lar juda kichik bo’lib, tasvirda ularni to’g’ridan to’g’ri ko’rishga imkon bermagan. Ikkala guruh ham Sloan Digital Sky Surveydan barion tolalar orqali bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan galaktika juftlarini tanlab olishgan. Ular galaktikalar sohalaridagi Plank signallarini ustma-ust qo’yishib, massasi aniqlanishi mumkin bo’lgan individual kuchsiz tolalarni yasashdilar.

Ikkala guruh ham galaktika oralarida gaz tolalari mavjud bo’lishini qat’iy tasdiqlashdi. Tanimura guruhi gaz tolalari Koinotda mavjud bo’lgan normal materiyaning o’rtacha zichligidan deyarli uch barobar zichroq ekanligini ko’rsatishdilar. Britaniyalik olimlar esa biroz boshqa ma’lumotlarga ega bo’lishdilar, lekin ular farqlanish sababi guruhlar har xil sohalarni tekshirganligidadir.

Yaqin kelajakda bu kashfiyot Nobel mukofoti bilan taqdirlanishi ajablanarli bo’lmaydi.

Asl manba: aboutspacejornal.net

Sort:  

Yashang. Bor ekanku o'zbeklar ham :-)